



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori “Yo‘l xaritasi”ning 21-bandida “2023-yilning 1-yanvaridan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish” belgilangan. Mazkur band ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati Urganch tumani hokimligi va tuman proktaturasi bo'limi hamkorligida Agroinspeksiyaning Urganch tumani bo’limi, tuman qishloq xo’jaligi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limlari o'rganildi.
Urganch tumani hokimining maslahatchisi,
Shahlo Ramanova.