Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 11-fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni sifatida xalqaro miqyosda nishonlanadi.

Maqsad - ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash, ularning ilmiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish hamda barqaror taraqqiyotga erishishda xotin-qizlarning rolini kuchaytirishdan iborat.

Respublikasmizda ham har yili 11-fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni keng nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda ham sana munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-yanvardagi “Ilmli ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida 11-fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlab haftalik o‘tkazish to‘g‘risida 1-son bayoni tasdiqlandi.

Mazkur bayonga muvofiq haftalik doirasida xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini targ‘ib qilish, yosh qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, gender tenglikni taʼminlash hamda ilm-fanda xotin-qizlar ulushini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan mazkur xalqaro sanaga bag‘ishlangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ilgari surish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsionerlik jamiyati “Temiryoʻl infratuzilma” aktsiyanerlik jamiyati Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzeliga qarashli Urganch lokomotiv depo filialida seminar-trening tashkil qilindi. 

Seminar-treningni pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, RANCH texnologiyalar universiteti dotsenti Raximova Intizor Rustamovna va Urganch tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ramanova Shahlo Shukurulloyevnalar olib borishdi.


Tashqi reklama

925
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

924
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

933
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling