Diqqat eʼlon!



Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

•  oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;

•  oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;

•  oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;

•  davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;

•  oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

•  oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;

•  oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.

Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, ota ismi, familiyasi, ish joyi, o‘qish joyi ) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 5-oktyabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

•  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A)

uz_tili_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi

•  @Jonajontilim_bot telegram boti

G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Mukofotlar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.

Скачать файл: Namuna fayli [836,5 Kb] (cкачиваний: 1)

Tashqi reklama

908
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

911
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

919
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling