TASHQI REKLAMA NAZORATI

 Urganch tumani hokimligi va O'zbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi "Reklama to'g'risida"gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-avgustdagi "Davlat tilini rivojlantirish bo'yicha qonunchilik hujjatlari ijrosini ta'minlash masalalari to'g'risida"gi 80/112-sonli Rayosat bayoni va Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 9-sentyabrdagi 59-sonli yig'ilish bayonining ijrosini ta'minlash yuzasidan Urganch tumanida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan Yoshlik va Mevazor mahallaridagi tashqi reklama yozuvlarining davlat tili qonun-qoidalariga mosligi  o'rganildi.

 ♻️O'rganish yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi. Tadbirkorlik subyektlari rahbar va ishchi xodimlariga huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi va ayrim kamchiliklar joyida bartaraf qilindi. 

Tuman hokimining davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi Sh.Ramanova.

Tashqi reklama

859
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

854
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

872
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling