


Bugungi tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Kimyo texnologiyalari fakulteti talabalari va tuman 38-sonli maktabi 8-sinf o'quvchilari ishtirokida "Boburning barhayot ijodi" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Xususan, tadbirga Urganch tumani hokimi maslahatchisi, shoira Sh.Ramanova mehmon sifatida ishtirok etib, Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo’li, Temuriy va Boburiy sulolari hamda Boburning Hindiston ravnaqi uchun qo'shgan hissasi, buyuk mutafakkirning hayoti va ijodi haqida yoshlarga ko’plab ma’lumotlar aytib o’tdi va tadbir haqida iliq fikrlar bildirdi.