Xalqaro Oila kuni munosabati bilan

Tanish oyoq ovozi,
Eshitilsa teshikdan.
Tugaydi she'r parvozi,
Begim kelar eshikdan.

Sergak tortib qolaman,
Ijod ilhomi ketib.
Dilin topmay tolaman,
She'r yozaman men netib...

Ko‘nglin topa boshladim,
Shungacha ko‘z yoshladim.
Uning ko‘nglin topay deb,
Ijodimni tashladim.

Oila - maqaddas qo‘rg‘on,
Bog‘imda oqil bog‘bon.
Men go‘shamda baxtliman,
Begim, bo‘ling Siz omon!

Taxtimda sokin yurak,
Endi she'r yozsam kerak.
Tirnoqqa zor qilmagay,
Bordir faqat shu tilak!

                         2012-yil


Tashqi reklama

964
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

965
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

973
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling