Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi

1-mart bahorning ilk kuni, atoqli o’zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

✨Suhbat davomida Urganch tumani hokimi maslahatchisi Sh.Ramanova mehmon sifatida taklif etillib, Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat bo'lib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, go'zal she'riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o'qishlari va shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekanligi, o'nlab kitoblari o'zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam o'rin olganligi, shuningdek, ko'plab taniqli xorij ijodkorlari asarlarini o'zbek tiliga mahorat bilan o'girganligi xususida so'z yuritilib, shoira qalamiga mansub she'rlaridan aytib o'tdi.
💐Shuningdek, markaz kiraverishida bahorning ilk kuni hamda shoira tavalludi munosabati bilan ko'rgazma tashkil etildi. Ko'rgazmada Zulfiyaxonim ijodiga man'sub she'riy to'plamlari va fotosuratlari namoyish etilmoqda.

Tashqi reklama

859
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

854
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

871
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling