

Joriy yilning 17-avgust kuni Urganch tumani hokimining maslahatchisi Sh.Ramanova, respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari R.Vapayeva, tuman IIB JXX XPB VEMB inspektor pisixologi kapitan J.Qurbanovlar tomonidan tashqi reklama vositalari nazorat qilindi. 📝 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qaroriga asosan belgilangan talablarga moslashtirilmagan reklama obyektlari ularning egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z kuchi bilan olib tashlanadi hamda yer maydoni tartibga keltiriladi, aks holda qurilmalar sud tartibida tegishli hokimlik tomonidan demontaj qilinadi va barcha xarajatlar reklama obyektlari egalaridan undiriladi;
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.