Ona tilim faxrim

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-sentabrdagi 176-sonli (VM 24/25-176) “O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kunini mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda viloyat hokimligining 2025-yil 9-oktabrdagi 289-sonli yig'ilish bayoniga asosan Urganch tumanida tadbirlar davom etmoqda.
   
   Urganch tumani hokimligi tomonidan O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Ona tilim - faxrim" shiori ostida Urganch tumani axborot-kutubxona markazida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir davomida Urganch davlat unversiteti, Filologiya va sa'nat fakulteti, Tilshunoslik kafedrasi o'qituvchilari, tumandagi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari faol ishtirok qildi. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimiz uchun katta tarixiy voqea bo'lganligi, bayramning xalqimiz hayotidagi ahamiyati haqida gapirib o'tdilar. Tadbir mehmonlari bayram bilan barchani samimiy tabrikladi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ona tilimizning o'ziga xosligi to'g'risida she'r, kuy-qo'shiqlar va chiroyli raqslar namoyish etildi.

Tashqi reklama

908
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

911
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

919
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling