
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida targ’ibot jarayonlari o‘tkazilmoqda.Davlat tilini muhofaza qilish, to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
- Ish jarayonida qo‘llanilayotgan atamalarning adabiy til me’yorlariga muvofiqligi va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritilishining doimiy nazoratda bo‘lishi;
- Qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, shu jumladan buyruqlar, farmoyishlar, muhrlar, tamg‘alar va rasmiy blanklarning davlat tilida qabul qilinishi va e’lon qilinishi;
- Ish hujjatlarining, statistika va moliya hujjatlari, davlat tilida yuritilishi;
- Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar, yo‘riqnomalar va ko‘rgazmali, og‘zaki axborot matnlarining davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilishi va e’lon qilinishi.