“Yil ayoli" milliy tanlovining Urganch tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Yurtimizda jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat va faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” milliy ko‘rik- tanlovining Urganch tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Ushbu tanlovda tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning eng faol, eng izlanuvchan va iqtidorli ayollari 15 ta yo‘nalishi bo‘yicha bellashdilar.
⏰ Ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.