



🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori “Yo‘l xaritasi”ning 21-bandida “2023-yilning 1-yanvaridan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish” ijrosi yuzasidan joriy yilning 8-noyabr kuni Urganch tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamda 2-sonli umum o‘rta ta'lim maktabida o‘rganildi va kamchiliklar bartaraf qilinishi ta'kidlandi.
Urganch tumani hokimining maslahatchisi,
Shahlo Ramanova.