



Viloyat hokimligining joriy yil 5-fevraldagi 99-sonli bayoni hamda tuman hokimligining 17-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi tuman miqiyosida yuqori saviyada o’tkazildi. Bu bayramona tadbirda Urganch tumani axborot-kutubxona markazi, tuman madaniyat bo’limi xodimlari, UrDU talabalari, maktab o’quvchilari va bog’cha tarbiyalanuvchilari faol ishtirok qilishdi.
Tadbirni o’tkazishda yaqindan ko’mak bergan mutasaddilar Urganch tumani hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.
✍️ Urganch tumani hokimining maslahatchisi Sh.Ramanova