Ulug‘ bobokalonimiz 1441 yilning 9 fevralida tug‘ilib, 1501 yil 3 yanvarda vafot etgan. ❇️Qariyb 60 yillik umri davomida hazrati Navoiy nafaqat ona yurtimiz, balki butun dunyo hamjamiyati uchun manfaatli bo‘lib kelayotgan ijodlarni qoldirgan.
✅Bugungacha bobomizning asarlari bir nechta jahon tillariga tarjima qilinib, Yevroosiyo mintaqasida keng tarqalgan.
❇️Shuningdek, yer yuzida eng oliy deb tan olinayotgan okean orti ta’lim dargohlarida muhim darsliklardan bo‘lib keladi.