Bu yil yurtimizda buyuk sarkarda tavalludining 542 yilligi keng nishonlanmoqda.

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida o'zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Shox va shoir"mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga mehmon sifatida Urganch tumani hokimi maslahatchisi, shoira Sh. Ramanova ishtirok etib, Bobur o'z davrining buyuk shaxslaridan biri ekanligi, uning she'rlari, ruboiylari o'z vaqtida va hozir ham sevib o'qilishi haqida va o'zining ijod namunalaridan misollar keltirdi. Suhbat davomida markaz rahbari M.Yusupova shoirning ijodi milliy qadriyatlarimizni ardoqlash, ajdodlarimiz yo'lidan borish, o'zligimizni tanish va kelajakka yorqin nigoh bilan qarash imkonini beruvchi bebaho durdona ekanligini takidlab o'tdilar. Samimiy va ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda mutaxassislar adabiyot, she'riyat, ijod haqida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tashqi reklama

998
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

1 002
17-08-2023, 10:55

Tashqi reklama vositalari nazorati

996
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

1 005
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling