Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2024-2025-o‘quv yilida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq "Noyabr - Bag‘rikenglik" oyligi deb e’lon qilingan.

hu munosabat bilan Urganch tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tumandagi 44 ta maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun seminar o‘tkazildi. Seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari R.Vapayeva, Urganch tumani hokimining  maslahatchisi Sh.Ramanovalar tomonidan umumta’lim maktablarda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘mak berildi.                                                                         
 🏳️Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar yuzasidan vazifalar taqsimoti va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tashqi reklama

860
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

856
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

875
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling