Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi qabristonlarda o'rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida"gi2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qaroriga muvofiq Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha” tuzilgan komissiyasining 30-aprel 2024-yildagi 19-1265-sonli murojaatnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan o‘rganib chiqilib, 21-iyun 2024-yildagi 03/08-6021-sonli ekspert xulosasiga binoan Urganch tumanidagi 3 ta qabriston nomi nomuvofiq deb topilgan. Mazkur nomi nomuvofiq topilgan va faoliyat bir necha yillar to'xtatilib yana faoliyatini boshlagan, xalq tomonidan Ahmad Husayn-2 deb nomlanadigan mazkur qabristonni o'rganish maqsadida Urganch tumani hokimligi hamda Urganch tumani Obodonlashtirish boshqarmasi qabristonlar bo'limi bilan hamkorlikda Anjirchi qishlog'i O'rta Do'rmon mahallasiga tashrif buyurdik va mutasaddilar bilan uchrashdik.