Tushunarsiz kechinma****

Qanchalar begʻubor qizaloq edim,
Quvonchdan yig'lardi faqat ko'zlarim.
Baxtning ummonida baxtiyor edim,
Yurakdan chiqardi barcha soʻzlarim.

Uxlardim tunlari,g'am nima bilmay,
Kunlardim oʻtardi faqat baxtiyor.
Tabassumdan porlardi hatto,koʻzlarim
"Qiyinchilik"neligin bilmasdim zinhor.

Yoʻllarimda g'ubor,hidlaganim dard,
Hozir faqatgina quchganim alam.
Toʻsiqlari koʻp ekan,bilmagan edim,
Hayot zarbalaridan,qaroqimda nam.

Baxtli kunlar yoʻlda...keladi albat,
Bir dunyo baxt bilan, mening yonimga.
Faqat kutishlardan boshqa choram yoʻq,
Nur-u shodlikdan gul toʻshar poyimga

Asalxon Yuldasheva 
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 7-sonli maktabning 11-A sinf oʻquvchisi

Tashqi reklama

860
7-11-2024, 10:47

Tashqi reklama

856
18-09-2023, 10:59

Tashqi reklama nazorati

874
27-09-2023, 11:08

TASHQI REKLAMA NAZORATI

Yangiliklarga
obuna bo'ling